Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Ikki bosqichli himoya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toʻliq maʼlumot uchun meta:Help:Two-factor authentication sahifasiga qarang.

2FA onlayn banking uchun ishlatiladigan xavfsizlik token qurilmalarining dasturiy versiyasiga oʻxshaydi.

Ikki bosqichli himoya, qisqacha 2FA – hisobingizga qoʻshimcha xavfsizlikni qoʻshish usuli. Birinchi bosqich – har qanday hisob uchun standart boʻlgan odatiy parolingizdir. Ikkinchi bosqich – mobil qurilma yoki kompyuterdagi ilovadan olingan tasdiqlash kodi. 2FA konseptual jihatdan baʼzi mamlakatlardagi banklar onlayn banking uchun talab qiladigan xavfsizlik tokeni qurilmasiga oʻxshaydi. 2FA tizimlarini „OTP“ (bir martalik parol) va „TOTP“ (vaqtga asoslangan bir martalik parol algoritmi) deb ham ataladi.

Ushbu qoʻllanmada hisobingiz uchun Vikipediyada 2FA funksiyasini yoqish va oʻchirish haqida maʼlumot berilgan. Ushbu qoʻllanma TOTP usuli haqida, quyida WebAuthn haqida eslatmalarga qarang.

Agar 2FA funksiyasini yoqishga qaror qilsangiz, Maxsus:Preferences sahifasida „Parolni tiklash xatlarini faqat elektron pochta manzili va foydalanuvchi nomi koʻrsatilganda yuborish“ bandini yoqishingiz mumkin.

Hisobni himoyalash

[manbasini tahrirlash]
Sozlamalardagi 2FA funksiyasini yoqish tugmasi

Kengaytirilgan huquqlarga ega administratorlar va foydalanuvchilar uchun oʻz hisoblari xavfsizligini taʼminlash nihoyatda muhimdir. Bir qancha Vikipediya administratorlari (jumladan, asoschisi Jimbo Wales) hisoblariga buzilib kirilgan va buning natijasida, ularning hisobidan vandal tahrirlar amalga oshirilgan. Bunday vandalliklar keng koʻlamli tartibsizliklarni keltirib chiqarish bilan bir qatorda, buzib kirilgan hisoblar toʻliq nazorat qayta tiklanguniga qadar tahrirdan chetlashtirilgan holda qolgan.

Har qanday foydalanuvchi 2FA funsiyasini yoqish yordamida oʻz hisobi xavfsizligini oshirishi mumkin. Bu amaliyot kengaytirilgan huquqlarga ega foydalanuvchilar va administratorlar uchun tavsiya etiladi. Interfeys administratorlari uchun majburiydir.

2FA funksiyasini yoqishdan oldin, faqat Vikimedia loyihalari uchun ishlatiladigan ishonchli parol qoʻyganligingizga ishonch hosil qiling. Har bir onlayn hisobingiz uchun kuchli va noyob parollar yaratmoqchi boʻlsangiz, parollar boshqaruvchisidan foydalanishingiz ham mumkin.

Follow Lee on X/Twitter - Father, Husband, Serial builder creating AI, crypto, games & web tools. We are friends :) AI Will Come To Life!

Check out: eBank.nz (Art Generator) | Netwrck.com (AI Tools) | Text-Generator.io (AI API) | BitBank.nz (Crypto AI) | ReadingTime (Kids Reading) | RewordGame | BigMultiplayerChess | WebFiddle | How.nz | Helix AI Assistant