Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzagcha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlardan tashkil topgan. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan Oʻzbekistonda oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinadi.
Ushbu taom juda ham qadimgi taomlardan biri boʻlib, kelib chiqish payti va joyi aniqlanishi qiyin hisoblanadi. Baʼzi manbalarga koʻra, palovning tayyorlash uslubi eramizdan avvalgi II—III-asrlarda qadimgi Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolida tashkil topib kelgan. Aynan oʻsha paytda Osiyodaguruch yetishtirish ishi rivojlanishni boshlagan…
Ali Xomanaiy Oyatulloh Humayniyning shogirdidir. Xomanaiy 1962-yilda Humayniy rahbarligidagi islom harakatiga qoʻshilgan. 1963-yildan bir necha marta qamoq va surgunda boʻlgan. 1979-yilgi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi islom harakatiga boshchilik qilgan. Eronda monarxiya agʻdarilgandan soʻng, 1979—80-yillarda Islom inqilobiy kengashi aʼzosi, mudofaa vaziri oʻrinbosari, „Islom inqilobi posbonlari“ korpusi qoʻmondoni, oyatulloh Humayniyning Oliy mudofaa kengashdagi vakili lavozimlarida boʻlgan. 1980—81-yillarda Islom kengashi majlisi (parlament) deputati. 1981-yil oktabridan Eron Islom Respublikasi prezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Humayniy vafotidan soʻng, 1989-yil 4-iyundan Eron Islom Respublikasi Rahbari…